Mars sayyorasida tadqiqot ishlarini davom ettirayotgan NASA’ning Curiosity roveri tirik organizmlarning yashashi uchun yetarli darajada azotni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Geyl krateri yaqinida ishlayotgan marsoxod tadqiqot uchun cho‘kindi jinslarni tanlab olgan. Namunalarni qaynatish davomida NASA mutaxassislari azot dioksidini ajratib olishga erishgan.
Mazkur topilma Qizil sayyorada hayot borligi haqidagi nazariyani tasdiqlaydi. Bir qator mutaxassislarning fikricha, tadqiqot zondlari tomonidan Marsda topilgan bir qator moddalar u yerga fazoviy chiqindilar ko‘rinishida tushgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)