Tunis politsiyasi va milliy gvardiya kuchlari tomonidan mamlakatning davlat xavfsizligi idoralariga qarshi terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan uch nafar terrorchi guruh a’zosi Kasserin provinsiyasida hibsga olindi. Bu haqda Tunis Respublikasining Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“Tunisning IIV va milliy gvardiyasi kuchlari tomonidan Kasserin provinsiyasidagi Shaambi tog‘laridagi terrorchi guruhlarning ta’minoti bilan shug‘ullanib kelgan va mamlakatning xavfsizlik idoralariga qarshi terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan uch nafar terrorchi guruh a’zosi hibsga olindi”, ― deyiladi vazirlik bayonotida.
Shaambi tog‘lari Kasserin provinsiyasining Jazoir bilan chegaradosh bo‘lgan hududda joylashgan va bu hududda Tunisning qurolli kuchlari terrorchi guruhlarga qarshi 2012-yil dekabr oyidan boshlab aksilterror operatsiyasini o‘tkazib kelmoqda.
Izoh (0)