Xonanda Og‘abek Sobirovning fikricha, bugungi shou-biznesda muxlislarni chalg‘itib yurganlar talaygina. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Nazarimda, bugungi shou-biznes tirikchilik manbaiga aylanib qoldi. Bu fikrni avval ham aytganman”, — dedi xonanda.Og‘abek Sobirovning so‘zlariga ko‘ra, “sal ishi yurishmay, tavakkal bilan” shou-biznesga kirib qolganlar ham bor, “astoydil ko‘ngilga tugib, san’atkor bo‘laman, deganlar ham bor”.
“Afsuski, bugungi shou-biznesda san’at va muxlislarni chalg‘itib yurganlar, ayniqsa, yoshlar talaygina”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Og‘abek Sobirov.
Izoh (0)