Rossiyalik xonanda Vera Brejneva samarqandlik muxlislariga va’da berdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
“Afsonaviy Samarqand shahrini borib ko‘rish mening eng katta orzuim! Afsuski, niyatim bu safar amalga oshmadi”, — dedi Vera Brejneva.
“Ammo barcha samarqandlik muxlislarimga va’da beramanki, bir kun albatta mo‘jizaviy shahringiz manzarasidan zavqlanaman”, — deya qo‘shimcha qildi rossiyalik qo‘shiqchi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli xonanda Vera Brejneva 15-dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi.
Izoh (0)