“O‘zbeknavo” tomonidan xonanda Lolaga litsenziyasi qaytarib berildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“‘O‘zbeknavo’ tomonidan Lolaga barcha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi qaytarildi, — deya ma’lum qilgan xonandaning ma’muri. — Uning hozirgi kundagi ishlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yaqinda Chimyonda ‘Qanot’ taronasiga klip olindi. 27-dekabr kuni poytaxtdagi ‘Kitob olami’ do‘konida ertak audiokitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 30-dekabr kuni ‘Sevgimsan’ qo‘shig‘iga olingan yangi klip muxlislar e’tiboriga havola etiladi”.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi shu yil 14-iyulda Lolaning litsenziyasini tugatgandi.
Izoh (0)