“Bojalar” guruhi “Mening yurtim” (MY5) telekanali buyurtmasiga asosan “Bojalar-drayv” nomli serialni suratga olayotgani haqida avval xabar berilgan edi.
“Darakchi” gazetasi xabariga ko‘ra, 21 qismdan iborat mazkur sitkomda o‘zbekistonliklarning kundalik hayoti quvnoq syujet tarzida ochib berilgan.
Serialda Yangi yil bayramini nishonlayotgan mahalla fuqarolari mehmon sifatida taniqli san’atkorlarni chaqirmoqchi bo‘ladi.
“Yangi yil bayrami sarguzashtlari Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Feruza Normatovalar ijrosida haqqoniy talqin etilgan”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)