Bangladesh masjididagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana o‘ndan ortiq odam yaralandi. Bu haqda politsiya ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Tergovchilar halok bo‘lgan odam terrorchi bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
“Biz hodisaning xudkush tomonidan sodir etilgan terakt ekanligini aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqdamiz”, — dedi politsiya vakili Motiar Rahmon.
Terakt masjidda yuzga yaqin odam bo‘lgan juma namozi vaqtida sodir bo‘ldi.
Bomba portlatilgan masjid “Ahmadiya” musulmonlar harakati jamoasiga tegishlidir.
Izoh (0)