Indoneziya sohillarida paromning cho‘kib ketishi oqibatida, qurbonlar soni 63 kishiga yetib, yana 15 kishi qidirilmoqda. Bu haqda “Sinxua” agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
“Qutqaruv operatsiyasining darajasi eng yuqori chegaragacha kuchaytirilib, 103 nafar yo‘lovchini suvdan chiqarib oldik. Ulardan 40 nafari tirik, 63 nafari halok bo‘lgan. Yana 15 nafar yo‘lovchini qidirayapmiz”, ― dedi Halokatlarning oldini olish milliy agentligi boshlig‘i.
Ta’kidlanishicha, bedarak yo‘qolgan odamlarni hali ham qutqarib olish imkoniyati bor.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya sohillarida paromning cho‘kib ketishi oqibatida, qurbonlar soni yetti kishini, bedarak yo‘qolganlar esa kamida 70 kishini tashkil qilgan edi.
Izoh (0)