Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mixail Yemelyanov Pepsi va Coca-Cola kabi shirin gazli ichimliklarni sotish uchun aksizlarni oshirish AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga g‘ayriodatiy javob chorasi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
AQSh 22-dekabr, seshanba kuni Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Ro‘yxatga 34 nafar yuridik va jismoniy shaxs, jumladan, Qrimning “Noviy svet”, “Massandra” va “Magarach” vino zavodlari ham kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh sanksiyalar ro‘yxatining kengaytirilishi Rossiyaga nisbatan mantiqqa zid va do‘stona bo‘lmagan munosabatning davomi ekanligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)