Osiyo futbol federatsiyasi rahbari shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligi lavozimiga asosiy nomzod deb hisoblanmoqda. Bu haqda The Bookmaker Ratings xabar beradi.
William Hill bukmekerida Salmonga 2,2 koeffitsiyenti bilan baho berish mumkin. Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husaynning FIFA prezidenti lavozimiga tayinlanish ehtimoli 2,6 koeffitsiyentga baholanmoqda.
Favoritlar uchligiga Yevropa futbol assotsiatsiyasi uyushmasining hozirgi bosh kotibi Janni Infantino ham kiritilmoqda (3,5).
Federatsiya prezidentligi uchun saylovlar kelgusi yilning 26-fevralida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)