Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan noyabr oyida qo‘lga olingan jinoiy to‘da davlat idorasini zabt etib, prezident Serj Sargsyan samolyotiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Guruh yana beshta kichik guruhlarga ega bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida prezident qarorgohi, hukumat, parlament, Konstitutsiyaviy sud va teleminorani qo‘lga olishi lozim bo‘lgan. Asosiy operatsiya Fransiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan Armaniston prezidentining samolyotini portlatishdan iborat bo‘lgan.
Armanistonning “Graparak” gazetasi manbasining ma’lum qilishicha, operatsiya yaxshi rejalashtirilgan bo‘lgan, biroq guruh rahbari Artur Vardanyan xatoga yo‘l qo‘ygan. U uchrashishi lozim bo‘lmagan odam bilan uchrashgan, natijada maxsus xizmatlar e’tiboriga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston huquq-tartibot idoralari mamlakat bosh vazirining sobiq o‘rinbosari (mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini ham egallagan) Vagan Shirxanyanni ushbu jinoiy to‘da faoliyatida ishtirok etganlikda gumon qilib, hibsga olgan edi.
Izoh (0)