Xitoylik qutqaruvchilar Shenchjen shahridagi (Guandun viloyati) Liuxi sanoat parki hududida yuz bergan kuchli ko‘chki oqibatida vayronalar ostida 70 soat qolib ketgan ikki kishini chiqarib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ko‘chki sodir bo‘lgan hududda 70 nafar bedarak yo‘qolganlarni qidirish va qutqarish operatsiyasi davom etmoqda. Unda 3 ming kishi qatnashmoqda, 330 ta texnika, jumladan, 190 ta ekskavator safarbar etilgan. Mahalliy rasmiylar 600 kishiga boshpana bergan, yana 900 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Shenchjen meri o‘rinbosari Lyu Sinshenning bildirishicha, tuproq 380 ming kvadrat metrni qoplagan, ayrim joylarda loy qatlami qalinligi 10 metrga yetmoqda. Ko‘chki 33 ta bino qulashi yoki jiddiy shikastlanishiga olib kelgan. Geologlar ko‘chki qayta ro‘y berishi ehtimoli kamligini aytmoqda.
Izoh (0)