Madridning “Real” jamoasi rahbariyatining ta’kidlashicha, jamoaning yaxshi natijalarga erishishi uchun, avvalambor hujumchi Krishtianu Ronaldu munosib ravishdagi o‘yin ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Marca nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Chempionat” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, himoyachi Serxio Ramos klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashganda, mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarning asosiy aybdori Ronaldu hisoblanishligi aniqlangan. “Real” portugaliyalikdan kuchliroq o‘yin kutmoqda.
Ispaniya chempionatining 16-turi yakunilari bo‘yicha, “Real” 33 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turmoqda.
Izoh (0)