Sumo va dzyudo bellashuvlarida ishtirok etib kelgan, ma’lum bir vaqt davomida 400 kilogrammgacha bo‘lgan vazn egasi, sportning aralash yakkakurash turi bo‘yicha sobiq kurashchisi Emmanuel Yarbro 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
21-dekabr, dushanba kuni vafot etgan Yarbroning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan. Eng og‘ir sportchi sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga tushgan Yarbro kurash va amerikacha futbol bilan ham shug‘ullangan.
90-yillarda Yarbro Aralash jang mahorati (MMA) bellashuvlarida uch marotaba ishtirok etib, bitta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)