Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida boks bo‘yicha neft qazib oluvchi davlat bokschilari o‘rtasida XIII jahon Kubogi yakunlandi. Bu haqda “Olamsport” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, musobaqada 20 ta davlatdan 120 nafardan ziyod bokschi ishtirok etdi.
Rossiya, Germaniya, Fransiya, Moldova, Ozarbayjon, Bolgariya, Litva, Xitoy, Polsha, Ukraina, Marokash, Qozog‘iston, Armaniston, Finlyandiya kabi mamlakatlar qatorida O‘zbekistonlik bokschilar ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, jahon Kubogida 2 ta oltin va bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallaganligi ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni 49 kilogramm vazn toifasidagi bokschi Mironshox Ibragimov hamda 91 kilogramm vazndagi vakil Sardorbek Begaliyev taqdim etdi. Bokschilar moldovalik Daniil Platonovskiy hamda belaruslik Sergey Korneyevlarni mag‘lub etdi. Yagona bronza medalini 56 kilogramm vazndagi bokschi Mirazizbek Mirzahalilov qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)