Misrning futbol bo‘yicha amaldagi chempioni bo‘lmish “Zamalek” klubi mamlakat birinchiligini tark etishi haqida e’lon qilib, bu qarorni “hakamlar adolatsizligi” bilan izohladi, deya xabar beradi “TASS”.
20-dekabr, yakshanba kuni “Zamalek” penaltidan ikkita to‘p o‘tkazib yuborib, “Al-Geysh” klubidan mag‘lubiyatga uchradi (2:3). O‘yin arafasida jamoa hakam Mahmud al-Bannani almashtirish to‘g‘risida so‘rov jo‘natgan, biroq bunga rad javobini olgandi.
Misr ligasi qoidalariga ko‘ra, agar klub o‘z qarorini o‘zgartirmasa, to‘rtinchi milliy divizionga tushirilishi mumkin. “Zamalek” ayni paytda mamlakat birinchiligida 13 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)