Bundan uch hafta ilgari Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida Tez Food kafesining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Mazkur muassasa haqida nafaqat eng nozikta’b xo‘randalar, balki, aytishlaricha, shaharning katta-katta restoratorlari ham iliq fikrlarni bildirmoqda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari esa Tez Food va uning xizmatlariga bo‘lgan qiziqishni oshirsa oshirmoqdaki, aslo kamaytirayotgani yo‘q.
“Plagiat izlamang, bu bor-yo‘g‘i hazil”, — deyiladi Tez Food’ning Facebook’dagi juda jonli sahifasida. Google, Ferrari, Apple kabi jahonga mashhur brendlar va go‘ja, norin, lag‘mon kabi o‘zbek milliy taomlari o‘rtasidagi nozik va tabassum ulashuvchi bog‘liqliklarni topa olgani uchun ham loyiha mualliflarini olqishlasa arziydi.
Izoh (0)