Qozog‘iston seysmologlari 19-dekabr, shanba kuni Qirg‘iziston hududida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lganligini qayd etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yerosti silkinishi markazi Olmaota shahridan 254 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Yer silkinishi 10,5 darajadagi energetik zilzila sinfiga mansub bo‘lib, uning markazi 41,80 darajadagi shimoliy kenglik va 79,36 darajadagi sharqiy uzunlik koordinatlari bo‘yicha qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 30 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh (0)