17-dekabr, payshanba kuni Argentina hukumati peso pul birligining qiymatini saqlab qolish maqsadida 2011-yilda joriy etilgan valyuta ayirboshlash bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Argentina moliya vaziri Alfonso Prat-Gayning ta’kidlashicha, bu chorani tadbiq etish mamlakatning yangi prezidenti Maurisio Makri tomonidan iqtisodiyotning o‘sishini qayta tiklash maqsadida va’da berilgan edi.
17-dekabr kunidan boshlab Argentinaning pesosi erkin konversiya qilinadigan valyutaga aylanadi. Shu munosabat bilan pesoning AQSh dollariga nisbatan bo‘lgan qiymati 30 foizgacha tushib ketishi mumkin.
Bundan oldin, argentinaliklar ikki ming dollardan ko‘p bo‘lmagan qiymatdagi pul mablag‘larini ayirboshlash huquqiga ega bo‘lib, ayirboshlash qayerda qilinganligini tasdiqlovchi hujjat olishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)