Germaniyaning Xarburg shahridagi muhojirlarni qabul qilish markazida yuz bergan portlash va undan keyin sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa 16-dekabr kuni tongda sodir bo‘lib, portlash yuz berganda binoda 20 nafar muhojir bo‘lgan. Halok bo‘lgan bir kishidan boshqa barcha muhojirlar qutqarilgan.Portlash sabablari aniqlanmoqda. Ro‘y bergan hodisa oldindan rejalashtirilganligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)