Pauerlifting va og‘ir atletika bo‘yicha Uzoq Sharq chempioni Ivan Savkin jami vazni 512 tonna bo‘lgan oltita vagonni joyidan siljitishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Primoryedagi Spassk-Dalniy shahrida Ivan Savkin sement ortilgan oltita vagonni joyidan siljitib, bir metru 60 santimetrgacha bo‘lgan masofaga tortib bordi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Savkin bu bilan yangi jahon rekordini o‘rnatgan, rekord tez orada Rossiya Rekordlar kitobiga kiritiladi.
2015-yilning mart oyida vladivostoklik 30 yoshli Savkin og‘irligi 365 tonna bo‘lgan poyezdni joyidan siljitgan edi. Turli vaqtlarda, sportchi kema, samolyot, “Osa” zenit-raketa kompleksi, T-34 va T-54B rusumli tanklarni shatakka olib tortgan.
Izoh (0)