Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ekspertlari A321 samolyoti bortida terakt sodir etishda foydalanilgan portlovchi vosita turini aniqladi, deb xabar beradi “RBK”.
FXX manbasining ma’lum qilishicha, oktabr oyida Sinay shimolida halokatga uchragan “Kogalimavia” aviakompaniyasi samolyoti plastit yordamida portlatilgan.
FXX ekspertlari samolyot plastitga o‘xshash chet el portlovchi vositasi asosida tayyorlangan uncha katta quvvatga ega bo‘lmagan bomba yordamida portlatilganligini aniqladi.
Mutaxassislarning fikricha, portlovchi qurilma samolyotning o‘ng borti salonining oxiridagi o‘rindiqlardan birining tagiga joylashtirilgan bo‘lgan. Portlashdan so‘ng, samolyot bortida bir metrga yaqin diametrli teshik paydo bo‘lgan. Bu esa portlovchi germetiklikning buzilishiga olib kelib, natijada samolyot parchalanib ketgan.
Izoh (0)