Vatikanning Instagram’dagi rasmiy sahifasida 14-dekabr, dushanba kuni joylashtirgan Rim papasi Fransisk suratini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning ilk selfisi sifatida qabul qildi. Bir necha soat ichida mazkur selfi salkam 10 mingta “layk” to‘pladi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Keyinchalik amerikalik katolik ruhoniysi Jeyms Martin foydalanuvchilarni biroz hafsalasini pir qildi. U Twitter’da “bu ‘selfi’ — selfi emasligi”ni bildirib, papaning mazkur surati videochatlarning biridan olingan skrin ekanligini bildirdi. Aslida buning Rim papasini shunday xushchaqchaq holatda ko‘rishdan mamnun foydalanuvchilarga unchalik katta ahamiyati yo‘qligini ular qoldirgan yuzlab izohlardan ham taxmin etish mumkin.
Izoh (0)