Parijda yanvar oyida sodir bo‘lgan terrorchilik hujumida gumon qilingan ikki nafar kishi Fransiyaning shimolida qo‘lga olindi. Bu haqda BFM – TV telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hibsga olingan ayol va erkak qurol sotish faoliyati bilan shug‘ullangan. Jumladan, ular Lill shahri atrofida bo‘lib o‘tgan peyntbol musobaqalarini tashkillashtirishga aloqasi bo‘lgan.
Tergovda ta’kidlashicha, qo‘lga olinganlar yanvar oyida Parij shahrida bir necha kishini o‘ldirgan Amedi Kulibaliga qurol yetkazib bergan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Charlie Hebdo satira gazetasi binosida noma’lum shaxslar o‘t ochishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)