Saudiya Arabistonida ayollar ilk bor saylovlarda ishtirok etmoqda. Qirollikda 12-dekabr, shanba kuni munitsipal kengash a’zolari saylanmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Ayollar mazkur saylovlarda nafaqat ovoz berishi, balki nomzodini ilgari surishi ham mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, saylov uchastkalariga 130 ming nafar ayol saylovchi kelishi kutilmoqda.