12-dekabr, shanba kuni Suriyaning Xoms shahri markazida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlangan. Bu haqda SANA manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi ashyolar joylashtirilgan avtomobil terrorchilar tomonidan shaharning al-Zahro tumani hududidagi kasalxona yaqinida portlatilgan.