Germaniya qabul qiladigan qochoqlar soniga cheklov o‘rnatmasligi lozim. Bu haqda mamlakat kansleri Angela Merkel Badische Neueste Nachrichten nashriga bergan intervyusida yana bir bor ta’kidlab o‘tdi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
“Cheklovlar o‘rnatilishi biz erishishni ko‘zlagan barcha narsalarni murakkablashtiradigan bir tomonlama qaror bo‘lardi. Ochig‘ini aytganda, bu men uchun vijdon va ishonch masalasi. Hatto shunday cheklov o‘rnatilgan taqdirda ham unga rioya etishning iloji yo‘q, chunki baribir mamlakatga muhojirlar kelishi ortib bormoqda”, — deya ta’kidlagan Merkel.
Eslatib o‘tamiz, xususan muhojirlar masalasidagi qat’iyati tufayli Germaniya kansleri Time jurnali tomonidan “Yil odami—2015” deb topildi.