Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Xakasiya Respublikasida yashovchi o‘quvchi qiz va uning singlisi Rossiya prezidenti Vladimir Putindan xaski zotidagi kuchuk bolasini sovg‘a tariqasida oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Xakasiya Respublikasi muxtor vakili prezident topshirig‘i bilan 12 yoshli Olga ismli qizga xaski kuchukchasini topshirgan.
Yaqinda oilasi bilan Qozog‘istondan ko‘chib kelgan qizcha Putinga xat yozib, Yangi yilga ko‘k ko‘zli kuchukcha olishni istashini, biroq oilasining sharoiti bunga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan edi.
Putin o‘tgan yili tobolsklik maktab o‘quvchisiga, shu yil yozida esa tulalik va qirg‘izistonlik o‘quvchi qizlarga ham kuchukchalar sovg‘a qilgan edi.
Izoh (0)