O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Jo‘rabek Karimov AQShning Florida shtatida o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini to‘xtatdi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
Musobaqada 10-raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek ikkinchi davrada mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Ilk davrada kanadalik Sin Xyunni ortiqcha qiyinchiliksiz 6:1, 6:0 hisobida mag‘lub etgan o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi bosqichda amerikalik Sem Rifichchega ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov Floridadagi turnirning juftliklar bahsida ishtirokini davom ettirmoqda.
Izoh (0)