O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Jo‘rabek Karimov AQShning Florida shtatida o‘tkazilayotgan turnirning juftliklar bahsida ikkinchi davraga yo‘llanma oldi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
Gretsiyalik sherigi Stefanos Sitsipas bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan o‘zbekistonlik tennischi ilk bosqichda amerikalik Aleksandr Rotsayert va britaniyalik Rayan Jeyms Storriye hamkorligini 6:4, 6:3 hisobida taslim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov Floridadagi turnirning yakkalik bahslari ilk davrasida kanadalik Sin Xyunni 6:1, 6:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Izoh (0)