Fransiya sobiq prezidenti Jak Shirak tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” uning qizi Klodning ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Klod Shirakning ma’lum qilishicha, 83 yoshli siyosatchining sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
“Oxirgi bir necha kun davomida o‘zini zaif his qilayotgan Jak Shirak sog‘lig‘ini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish uchun shifoxonaga joylashtirildi. U kasalxonada bir necha kun bo‘ladi”, — dedi Shirakning qizi.
Jak Shirak Fransiyaning 22-prezidenti bo‘lib, 1995—2007-yillarda mamlakatni boshqargan.
Izoh (0)