Yong‘in Finlyandiyaning Tamper shahridagi muhojirlarni qabul qilish markazida 9-dekabr kuni tunda sodir bo‘ldi. Bu haqda Yle telekompaniyasi bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Yong‘in sodir bo‘lgan joydan 100 ga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.
Yong‘in bartaraf etilib, aholi markaz binosiga kechaning o‘zidayoq qaytgan. Olovning boshqa inshootlarga o‘tib ketish xavfi bo‘lmagan.
Zarar ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Hodisa qasddan o‘t qo‘yilgan degan ehtimol bilan tekshirilmoqda va ish bo‘yicha hozircha hech kim hibsga olinmagan.
Izoh (0)