Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uni qo‘llab-quvvatlovchi partiya mag‘lub bo‘lgach, vazirlar mahkamasi a’zolariga iste’foga chiqishni taklif qildi. Bu haqda Associated Press agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qiladi.
“Ramziy” hisoblangan ushbu iste’fodan maqsad mahkamani qayta tashkil etib, yangilashdan iborat.Muxolifatning g‘alabasini prezident “yomon yigitlarning g‘alabasi” deya tavsifladi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Venesuelaning muxolifat kuchlari parlamentdagi jami 167 ta joydan 112 tasiga ega bo‘ldi.
Muxolifatning parlamentda ko‘pchilikni tashkil qilishi, unga referendumlar o‘tkazish, mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish, prezidentga nisbatan impichment qo‘llash jarayonini boshlash kabi imkoniyatlarni beradi.
Izoh (0)