Fransiya hukumat 13-noyabr kuni Parijning “Bataklan” teatridagi teraktni sodir etgan uchinchi xudkushning shaxsini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” politsiya ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Manbaning ma’lum qilishicha, terrorchi Fransiyaning Strasburg shahrida istiqomat qilgan 23 yoshli Fued Muhammad Aggad ekanligi aniqlandi.
2013-yilning oxirida u ukasi va do‘stlari bilan Suriyaga sayohat qilib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13-noyabr kuni teraktlar ketma-ketligi sodir etilib, qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi yaralangan edi.
Izoh (0)