Eronning janubi-sharqida sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tasnim” agentligi bergan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Manbada keltirilishicha, portlash Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan Siston va Belujiston provinsiyasidagi Nik-Shahr shahrida yuz bergan.
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)