7-dekabr, dushanba kuni Meksikaning g‘arbida joylashgan Gerrero shtatidagi Akapulko kurort shahrida shahar ma’muriyatining kadrlar departamenti boshlig‘i Luis Andres Lara Garsia va uning yordamchisi Raul Parra Errera o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Politsiyaning ma’lumotiga ko‘ra hujum meriya binosidan bir-necha metr uzoqlikda amalga oshirilgan.
Shahar ma’muriyatining rahbari Evodio Velaskes Agirre federal hukumatdan bu ishga aralashishni va aybdorlarni qonun doirasida jiddiy ravishda jazolashni talab qildi.
Yaqinda mansabga o‘tirgan Gerrero shtati gubernatori Ektor Astudilyo Flores esa bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng federal hukumatdan qo‘shimcha yordam so‘radi.
Joriy yil, kurort sifatida tanilgan Tinch okeani sohilidagi Akapulko shahri jinoiy guruhlarning ashaddiy to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadigan joyga aylandi. 2015-yil yanvar oyidan boshlab shaharda 800 ga yaqin qasddan sodir etilgan qotillik qayd etildi. Gerrero shtati Meksikaning deyarli eng xavfli hududiga aylanib, 100 ming kishiga 40 taga yaqin qotillik to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh (0)