Sankt-Peterburgda Misrda halokatga uchragan A321 samolyotining yo‘lovchilari jasadlarini qarindoshlariga topshirish jarayoni yakunlandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Peterburg ijtimoiy siyosat qo‘mitasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, 214 oila o‘z yaqinlari jasadlarini qabul qilib olgan. “Yana bir nechta jasad shaxsini aniqlashda ba’zi qiyinchiliklar mavjud, ularni tanib olish ishlari davom etmoqda”, — dedi u.
7-dekabr kuni, halokatga uchragan laynerga egalik qilgan Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasi tekshiruv yakunlangach, Misr hukumatidan tovon puli undirish niyatini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgda A321 qurbonlari jasadini yaqinlariga berish 4-dekabrda boshlangan edi.
Izoh (0)