O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisi birinchi kunida senatorlar 2016-yilgi Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda 2016-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, 2016-yilga mo‘ljallangan Davlat budjetida oylik ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdorlarini inflyatsiya sur’atlaridan ortiq miqdorlarda oshirish, muhtoj oilalarning manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda inflyatsiya sur’ati 2015-yilda rasman 5,5—6,5 foizdan oshmasligi prognoz qilingan edi. Mamlakatda oylik ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdori oxirgi marta O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi farmoniga muvofiq o‘rta hisobda 1,1 baravar oshirilgan.
Izoh (0)