Afrika ittifoqi xavfsizlik kuchlari qo‘mondoni va 2009-yilgi to‘ntarishdan so‘ng Gvineya prezidenti vazifasini bajarayotgan general Sekuba Konate AQSh sudida yirik miqdordagi naqd mablag‘larning kontrabandasidagi aybini, shuningdek, yolg‘on guvohlik berganligini tan oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Konatega nisbatan ayblov may oyida e’lon qilingan edi. AQSh Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, 51 yoshli generalning ishi bo‘yicha sud jarayoni Amerikaning Aleksandriya shahrida (Virginiya shtati) bo‘lib o‘tgan.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Konatega besh yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. Harbiyga nisbatan hukm 19-fevral kuni chiqariladi.
Izoh (0)