Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kinorejissor, ssenarist, dramaturg Eldar Ryazanovning vafoti munosabati bilan uning turmush o‘rtog‘i ― Emma Abaydullinaga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Eldar Aleksandrovich Ryazanov — yirik, saxiy iste’dod va katta ijodiy energiya sohibini yo‘qotib qo‘ydik. Uning ajoyib filmlari vatanimiz kinematografiyasining haqiqiy klassikasi, bizning milliy merosimiz va mamlakat tarixining bir qismi bo‘lib qoldi. Biz Eldar Aleksandrovich Ryazanov — haqiqiy usta va yaratuvchining yorqin xotirasini doim yodda saqlab qolamiz”, ― deyilmoqda Kreml rasmiy saytida e’lon qilingan telegrammada.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 30-noyabr kuni Moskvada rejissor Eldar Ryazanov olamdan o‘tdi.
Izoh (0)