Turkiya Rossiya harbiy va fuqarolik kemalarining o‘tishi uchun Bosfor va Dardanelli bo‘g‘ozlarini yopmaydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Turkiya davlati barcha kemalarning bo‘g‘ozdan erkin o‘tishini kafolatlovchi 1936-yilgi Montryo konvensiyasiga amal qiladi. Ushbu fikr 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan telekonferensiyada AQShning NATOdagi doimiy vakili Duglas Lyut tomonidan bildirildi.
Ta’kidlash joizki, Turkiya urush holatida deb topilsa yoki harbiy xavf tahdidi ostida bo‘lsa, harbiy kemalarni bo‘g‘ozdan o‘tkazish Anqara ixtiyoriga havola etiladi. Tinchlik paytida harbiy va fuqarolik kemalari bo‘g‘ozdan erkin o‘tishi mumkin.
Mojaro yuzaga kelgan holatda NATO Turkiyani qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilindi.
Izoh (0)