Noyabrning oxirgi kunlarida kuzatilgan iliq havo ta’sirida O‘zbekiston poytaxtida kutilmaganda olcha daraxti gulladi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Kutilmagan vaqtda gullagan daraxtlarning suratlarini fotosuratchi Baxtiyor Zuhurov Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.
O‘zbekistonda daraxtlarning bevaqt gullashi hollari avval ham kuzatilgan. Jumladan, 2013-yil sentabrida Toshkentning Yunusobod tumanida gilos, 2014-yil sentabrida Jizzaxning Baxmal tumanida olma, 2015-yil yanvarida esa Surxondaryoda bodom gullagan edi.
Izoh (0)