Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Falastin Davlati prezidenti Mahmud Abbos BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan Parijdagi konferensiyasida oxirgi besh yil ichida birinchi marta qo‘l berib ko‘rishdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Isroil va Falastin rahbarlari 2010-yildan beri birinchi marta qo‘l berib ko‘rishdi va bir-biri bilan so‘zlashdi. 2010-yilda o‘n yillab davom etayotgan Falastin—Isroil qarama-qarshiligini tartibga solish bo‘yicha tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning navbatdagi bosqichi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Tinchlik jarayoni 2013-yilning yozida Amerika vositachiligida qayta tiklangan edi. Biroq to‘qqiz oydan so‘ng, bu jarayon hech qanday kelishuvga erishilmasdan to‘xtatildi.
Izoh (0)