Isroil sudi mamlakatning ikki nafar voyaga yetmagan fuqarosini falastinlik o‘smirni o‘ldirishda aybdor deb topdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ular uch nafar isroillikning o‘ldirilganligi uchun qasd olish maqsadida falastinlik o‘smirni tiriklayin yoqib yuborgan edi.
Sud uchinchi ayblanuvchi 31 yoshli Yozef Xaim Ben Davidni jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan deb topganligiga qaramasdan, unga nisbatan qaror chiqarmadi. Sababi uning advokatlari uni muomala layoqatiga ega ekanligini shubha ostiga qo‘yganligi sababli u psixiatriya ekspertizasiga yuborildi.
Ismlari oshkor etilmayotgan ikki voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan sudning hukmi 2016-yilning 13-yanvarida chiqariladi. 20-dekabr kuni esa uchinchi ayblanuvchining ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.
16 yoshli falastinlik Muhammad Abu Xadir 2014-yilning 2-iyul kuni Sharqiy Quddusdan o‘g‘irlab ketilgan edi. Keyinchalik uning jasadi topilgan.
Izoh (0)