Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkovning jasadi 29-noyabr kuni Turkiyada rus diplomatlariga topshiriladi. Bu haqda Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi matbuot kotibi Igor Mityakov “TASS”ga xabar berdi.
“Bugun Anqaraning Xatay viloyatiga RF qahramoni Oleg Anatolyevich Peshkovning jasadini olib kelinishini tasdiqlashdi. Parvoz davomida uni elchixonaning harbiy attashesi kuzatib boradi. Jasadning Rossiyaga olib kelinadigan kuni va vaqti aniqlashtirilmoqda”, — dedi u.
Oldinroq Turkiya bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘li Turkiya tomoni uchuvchining jasadini olgani va uni diplomatlarga berishga tayyorlashayotganini xabar qilgandi.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)