Tunis hukumati terrorchilik tashkilotlar bilan aloqasi borlikda gumonlab, 40 nafar kishini hibsga oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xavfsizlik kuchlari va milliy gvardiya 2015-yilning 26—27-noyabr kunlari respublikaning barcha qismlarida 367 ta reyd o‘tkazdi. Tunis al Kubra tumanida olib borilgan 95 reyd vaqtida terrorchilik tashkilotlar bilan aloqasi borlikda gumonlanib, 40 nafar kishi hibsga olindi”, — deyiladi ma’lumotda.
Bundan oldingi, 25—26-noyabr kuni xavfsizlik kuchlari va milliy gvardiya tomonidan olib borilgan 92 reyd natijasida terrorchilik harakatlarda gumonlanib, 30 kishi qo‘lga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Tunis poytaxtida mamlakat prezidenti qo‘riqchilari bo‘lgan avtobus portlatib yuborilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangan. Ushbu terakt tufayli Tunisda favqulodda holat e’lon qilingan. Avtobusdagi portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)