Makedoniya politsiyasi muhojirlarni tarqatib yuborish uchun yorug‘lik granatalaridan foydalangan. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 250 ga yaqin muhojir politsiyaga qarata tosh ota boshlagandan keyin shu chora qo‘lanilgan. Muhojirlar Makedoniya hududiga kirishga ruxsat berilmaganligidan norozi bo‘lgan. Agentlikning xabar berishicha, qochoqlardan biri vagon tomiga chiqib olib, yuqori kuchlanishdagi simni tutib olganligi oqibatida qattiq kuygan va zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)