Xitoy hukumati Amerikaning Disney korporatsiyasi savdo belgisidan noqonuniy foydalanganligi uchun beshta mehmonxona egalarini jarimaga tortdi. Bu haqda The South China Morning Post xabar beradi.
“Sayyohlardan foyda orttirishga umid qilib, mehmonxonalar nafaqat savdo belgisidan foydalanish qoidalarini buzgan, balki insofsiz raqobat yuzasidan shubha uyg‘otdi”, — deydi Shanxay hukumati vakili. Uning ta’kidlashicha, mehmonxonalar Pudun hududida faoliyat yuritgan. Ushbu hududda 2016-yilning birinchi yarmida Disney’ning yirik ko‘ngilochar bog‘i ochilishi rejalashtirilmoqda.
Xitoy hukumati noyabr oyi boshida kompaniyaga mamlakat hududida intellektual huquqlarining daxlsiz himoyasini ta’minlashga va’da bergan edi. Politsiya mahalliy tadbirkorlarning Disney savdo belgisidan noqonuniy foydalanishi yuzasidan qo‘shimcha tekshirishlarni o‘tkazmoqda.
Izoh (0)