Turkiya—Suriya chegarasida 20 ta yuk mashinasidan iborat avtomobillar karvoni bombardimon qilindi, deya xabar bermoqda Meduza.
Hujum yuk mashinalari chegaradan besh kilometr masofada, A’zaz shahri tomon harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Hujum oqibatida kamida yetti kishi (barchasi — yuk mashinalari haydovchilari) halok bo‘lgan, 10 kishi tan jarohati olgan.
Mashinalarda tijoriy yuklar ham, insonparvarlik yordami ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hurriyet nashri ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar qochoqlar lageri tomon harakatlanayotgan edi.
Avtokarvonni kim bombardimon qilgani hozircha noma’lum. Humanitarian Relief Foundation gumanitar tashkilotining Twitter’dagi sahifasida ta’kidlanishicha, zarba havodan, Rossiya samolyotlari tomonidan berilgan.
Hurriyet’ning qayd etishicha, hujum Suriya samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi ham mumkin.
https://twitter.com/cumhuriyetgzt/status/669567157416632322
https://twitter.com/DailySabah/status/669569157369888769
Izoh (0)