Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinov AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
AQSh Moliya vazirligi Ilyumjinovni Suriya Markaziy banki rahbari bilan aloqador deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari “Rus moliyaviy alyansi” banki ham ro‘yxatga kiritilgan. Jami ro‘yxatga to‘rt nafar jismoniy va olti nafar yuridik shaxs kiritildi. Biroq ularning barchasi yo Suriya, yoki Kipr vakilidir.
Izoh (0)